Toshkent viloyatida ayol sobiq eri tomonidan ayovsiz kaltaklandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida ayol sobiq eri tomonidan ayovsiz kaltaklandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 8 oktyabr kuni B.Sh. ismli erkak sobiq ayolini xonaga qamab, ovozi qo‘shnilarga eshitilmasligi uchun televizor va radioning ovozini balandlatgan holda ayovsiz kaltaklagan. Og‘ir oqibatlarga olib keluvchi zarbalardan xushini yo‘qotgan ayolni dugonasining qo‘ng‘irog‘i qutqarib qolgan. 

Keyinchalik B.Sh. kimdir uyga kelib qolishidan cho‘chigan holda ayolni shifoxonaga olib borib, “agar kimgadir churq etsang seni ham otang kabi o‘ldirib yuboraman”, deya qo‘rqitgan. Shundan so‘ng, ayol tibbiy tekshiruvlardan ham yolg‘iz o‘zi o‘tgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ular 2017 yilda oila qurgan va doimiy janjallar tufayli 2019 yilda qonuniy ajrashgan. Ayol bir nafar farzandi bilan uysiz qolgan va huquqshunoslarning maslahati bilan yana sobiq erining uyiga qaytib borgan. 

Shamsutdinovning bildirishicha, bugun, 11 oktyabr kuni Zangiota tumani IIB tomonidan B.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari boshlangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxorolik erkak o‘zi bilan “Yor-yor” ko‘rsatuvi orqali tanishgan ayolni o‘ldirib qo‘ygan edi. Shuningdek, Qashqadaryoda ota 14 yashar qizini ayovsiz kaltaklagani haqida xabar berilgandi


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat prokuratura Toshkent viloyati IIB ayol kaltaklash sobiq eri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing