Toshkent viloyatida 6 ta mashina tutun sababli YTHga uchradi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida 6 ta transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB Matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 23 iyun kuni soat taxminan 13:00 larda Toshkent viloyati Ohangaron tumani xududidan o‘tgan “Olmaliq-Toshkent” avtomobil yo‘lining 13-kilometrida 6 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan. Mazkur to‘qnashuvda Captiva, LADA, Nexia-3, Shinerfly (mikroavtobus), Damas hamda Howo rusumli yuk avtomobili bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan vaqtida oldinma-ketin urilishi oqibatida avtohalokat sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv oqibatida Nexia-3 rusumli mashina yo‘lovchisi 1980 yilda tug‘ilgan T.G.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Boshqa harakat ishtirokchilarining sog‘ligiga ziyon yetmagan. Transport vositalari texnik shikastlangan.

Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, dala maydonida sodir bo‘lgan yong‘indan hosil bo‘lgan qora tutun haydovchilarni boshqa mashinalarni ko‘rmay qolishiga sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Ohangaron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing