Toshkent viloyatida 48 tup xandon pista kesib tashlandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Saksonota o‘rmon xo‘jaligida 4 gektar maydonga ekilgan xandon pista ko‘chatlari kesib tashlangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi viloyat boshqarmasi ma’lumot berdi.

Ushbu holat yuz bergan joyga chiqib o‘rganilganda, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro S.A. tomonidan 48 tup turli o‘lchamdagi xondon pista daraxtlari kesilgani aniqlangan. Qayd etilishicha, fuqaro daraxtlarni o‘tin qilish maqsadida kesib tashlagan.

Mazkur holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismiga asosan jarima hamda tabiatga keltirilgan zarar hisob-kitob qilinib, undirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida 2 tup gujum daraxtlarini kesgan shaxs javobgarlikka tortilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati Saksonota xandon pista

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing