Toshkent viloyatida 3229 nafar emlanmagan xodimlar ishdan chetlatildi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida emlanmagan 3229 nafar xodim vaqtincha ishdan chetlashtirildi, 374 nafari tegishli tartibda jarimaga tortildi. Beshta ob’ektning esa faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, viloyatda 1863 ta tekshirish tadbirlari tashkil etilgan vaqtda 6526 nafar fuqaro vaksina olmaganligi aniqlangan. Ulardan 1402 nafari tadbirkorlik sub’ektlari va 5035 nafari esa byudjet tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolar.

“Bu kabi fuqarolarga, albatta, qonunchilikda belgilangan talablarga amal qilmaganligi uchun qonuniy choralar ko‘rildi. Bunday holatlar Toshkent viloyatida 3608 tani tashkil etadi. 

Bular orasida 3229 nafar xodim vaqtincha ishdan chetlashtirilgan, 374 nafari tegishli tartibda jarimaga tortildi. Beshta ob’ektning esa faoliyati to‘xtatildi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

196

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing