Toshkentda 27 yoshli yigit o‘zini 8-qavatdan tashlab vafot etdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 27 yoshli yigit o‘zini ko‘p qavatli uyning balkon qismidan tashlab vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, voqea joriy yilning 9 iyul kuni soat 09:20 larda yigit yashagan uyda sodir bo‘lgan. 1996 yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida tug‘ilgan D.R. Chirchiq shaharida joylashgan Konstruktorchilar dahasi 9-uy, 31-xonadonda oilasi a’zolari, ya’ni ota-onasi va singlisi bilan birga yashagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhum D.R. so‘nggi besh yil davomida oila a’zolari bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida ishlab, joriy yilning may oyi boshida O‘zbekistonga qaytgan. Shu kungacha yigit Bo‘stonliq tumanida oilasiga tegishli bo‘lgan dala hovlida qurilish ishlari bilan band bo‘lgan.

Marhumning otasi S.Y. o‘g‘lida joriy yilning mart oylaridan ruhiy holati buzilishi kuzatilganini aytgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani, natijasi haqida qo‘shimcha axborot berilishi ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati o'lim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing