Toshkent viloyatida 2 kishi o‘ldirilib, yoqib yuborildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashovchi fuqaro ikki kishini pichoqlab o‘ldirdi va jinoyatni yashirish maqsadida jasadlarni yoqib yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “QALAMPIR.UZ”ga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 23 mart kuni soat 14:30 larda mahalliy MCHJda agronom bo‘lib ishlagan 1961 yilda tug‘ilgan K.A. hamda jamiyat mutaxassisi 1984 yilda tug‘ilgan S.G. Yangiyo‘l tumanida yashovchi B.J.ni oldiga borib, unga ijaraga berilgan yer maydonlari uchun 40 mln so‘m miqdorda haq talab qilgan. Shu vaqt ularning o‘rtalarida kelib chiqqan nizo jarayonida B.J. pul bermaslik maqsadida ularni dala shiyponiga olib kirib, ikkalasini oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldirgan. 

So‘ng u o‘zining jinoiy harakatlarini yashirish maqsadida murdalarni yoqib yuborib, tana qoldiqlarini ariq bo‘yiga tashlab yuborgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “j”, “i” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yoqib yuborildi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing