Lola Karimova: otam 78 yoshli qariyaga o‘xshamasdilar
Jamiyat
−
30 yanvar 2020
22460Bugun, 30 yanvar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun. Shu munosabat bilan Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva otasining tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
“Bugun tavallud topgan kuningiz va biz – farzandaliringiz ushbu sanani yod etib, sizni xotirlashimiz uchun yetarlicha sabab bor.
Vaqt o‘tib, yoshim ulg‘aygan sari siz aytgan so‘zlar, menga bergan maslaxatlar, va, eng muhimi, menga o‘rnak bo‘lgan xatti-harakatlaringizni chuqur ma’nosini anglab boraman.
Buning uchun minnatdorman va ba’zi xotiralarim bilan sizni o‘ziga aziz deb bilgan hamda otalari kabi hurmat qilgan ko‘pgina insonlar bilan o‘rtoqlashmoqchiman.
Urushdan keyin deyarli barcha erkaklar tamaki chekishgan, bu illatning sog‘liqqa qanchalik zararligini bilmagan holda.
Otam ham usha paytlarda chekkanlar, ammo buni zararini bilib, darhol tashlagan ekanlar. O‘sha paytda yoshlari 40 da edi. O‘sha yili men dunyoga kelganman. Men otam qo‘llarida sigaret ushlaganlarini eslay olmayman. Faqat bu yomon illatga salbiy munosabatlarini eslayman. Ular odamlar chekkanini yoqtirmasdilar, va tamaki xidini yomon ko‘rar edilar. Bu munosabatlari bilan atrofdagilarga ham ko‘p yillar davomida o‘z ta’sirlarini o‘tkazganlar.
Hamisha muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanganlar. Yoshroq bo‘lganlarida professional ravishda kurash (borba) bilan shug‘ullanganlar. Bir kuni, trenirovkada oyoqlarini sindirib, uyga bir oyoqda sakrab kelganlar. “Taslim bo‘lgim kelmadi”, deya onamga tushuntirgandilar.
Ushbu jarohatdan so‘ng sport bilan shug‘ullanishni davom etaverdilar, va suzishni boshladilar. Sport kundalik jadvalarining ajralmas qismi edi. Yoshligimda, esimda, yarim kechasigacha ishlasalar ham sportga baribir vaqt topar edilar, kun chiqishi bilan turib, ertalab soat oltilarda trenirovkaga ketar edilar.
Keyinchalik katta tennis bilan jiddiy shug‘ullandilar. Hayotlarini oxirigacha. Umrlarining so‘ngi kunlarida yonlarida kasalxonada bo‘lganimda shifokorlar jismonan juda baquvvat inson ekanlarini va 78 yoshli qariyaga o‘xshamasliklarini aytishar edi. “Sog‘lom tanada sog‘lom ruh” degan ibora ular uchun hayot maslagi edi. Shifokorlarga murojaat qilishni yoqtirmasdilar va sog‘lomliklari, ko‘p jihatdan, metin irodalari tufayli edi. Ovqat tanavvul etishda kamtarona edilar, ortiqchalikka yo‘l qo‘ymasdilar, ziyofatlarni yoqtirmaganlar. Katta dasturxon faqat bayramlarda yozilardi. Ishga butunlay berilgan inson edilar.
Hayotda o‘rnak bo‘lgan fazilatlari bu mavjud sharoitni oldilariga qo‘ygan maqsadga buysundira olish, o‘tmish haqida afsus chekmasdan, hamisha olg‘a yurish qobiliyati edi.
P.S. Ushbu satrlarni yozishni tugatar ekanman, Toshkentda 30 yanvar kirib kelgan, sahar ham yaqinlashayapti. Yuragim tez-tez urar ekan, ko‘z yoshlarimni ushlab turishga harakat qilaman. Sizga atalib shuncha ko‘p tabriklar, postlar, suratlaringiz… Nevarangiz mehr bilan “bobo” dedi. Bugun minglab insonlar haqingizga duo qilib, sizni mehr bilan yodga oladilar”, degan Lola Karimova.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda islom Karimov tavalludining 82 yilligi munosabati bilan xotira albomi nashrdan chiqarildi. Unga Birinchi Prezdentning faoliyati davomida olingan suratlar bilan bir qatorda shaxsiy suratlari ham kiritilgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr