Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ulug‘bek Abdug‘aniyev Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Ulug‘bek Abdug‘aniyev 2008 yil Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlab, mehnat faoliyatini Bekobod tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida jarroh-shifokor sifatida boshlagan.

Keyinchalik Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining kattalar qabul bo‘limi va jarrohlik bo‘limi jarrohi, Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi xirurgiya bo‘limi shifokori, Bekobod tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i hamda Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari kabi vazifalarda xizmat qilgan.

39 yoshli Abdug‘aniyev tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatida sho‘’ba bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati Sog'liqni saqlash boshqarmasi Ulug'bek Abdug'aniev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing