Toshkent viloyati prokuraturasi tergovchisi koronavirusdan vafot etdi
Jamiyat
−
05 Sentabr 2020
14004Toshkent viloyati prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchisi Turg‘un Jumanovich Kamolov vafot etdi.
Bosh prokuratura Matbuot kotibining QALAMPIR.UZ`ga ma’lum qilishicha, Turg‘un Kamolovning o‘limiga koronavirus infeksiyasi sabab bo‘lgan.
Turg‘un Kamolov 1966 yilda tug‘ilgan. Oilali, 3 nafar farzandi bor. U 1995 yildan buyen prokuratura organlarida xizmat kilib kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoasi Toshkent viloyati prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchisi Turg‘un Kamolovning vafoti munosabati bilan marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etdi.
LiveBarchasi