Toshkent viloyati IIBB hukumat qarorini buzib Malibu-2 sotib oldimi? Aksilkorrupsiya agentligi izoh berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Malibu-2 avtomobili xarid qilgani haqida xabar tarqaldi. Unda ushbu xarid O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalarini biriktirish me’yorlari”ga zid bo‘lishi mumkinligi aytilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazib, natijalarini ma’lum qildi.

Agentlik davlat organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish, ortiqcha byudjet xarajatlarining oldini olish hamda davlat mulkidan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 apreldagi 258-son qarori bilan “Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalarini biriktirish me’yorlari” tasdiqlanganini eslatgan.

“Mazkur qarorning 9-bandida, qaror talablarining amal qilishi mudofaa, ichki ishlar, bojxona, favqulodda vaziyatlar organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanishga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilangan”, deyiladi agentlik xabarida.

Avvalroq, Toshkent viloyati hokimligi hokim o‘rinbosarlari uchun Malibu va Tracker rusumli avtomobillarni sotib olgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB

Baholaganlar

228

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing