Toshkent viloyati hokimligi o‘ziga raddiya berdi. Hamshira koronavirus yuqtirmagan
Jamiyat
−
23 mart 2020
7123Avvalroq, Toshkent viloyatida koronavirus yuqtirgan bemorlarni davolashda ishtirok etayotgan hamshiraning o‘zi virus yuqtirib olgani haqida xabar bergan edik.
Toshkent viloyati hokimligi ma’lumoti asosida berilgan xabarga yana viloyat hokimligining o‘zi raddiya berdi.
“Toshkent viloyatida hamshira koronavirusni yuqtirib olgani haqidagi ma’lumot tasdiqlanmadi, bu mazmundagi xabarlar yolg‘on”, deyiladi viloyat hokimligi xabarida.
Hokimlik Matbuot xizmati bloger va jurnalislardan ayni mazmundagi xabarlarni tarqatmaslikni iltimos qilgan.
LiveBarchasi