Toshkent viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
26 aprel 2020
11065Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Kamoliddin Mamurovich Shermatov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Botir Bahodirovich Alimbekov joriy yilning 23 apreldan Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Botir Alimbekov 1978 yilda Toshkent viloyati Zangiota tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1999 yilda Toshkent Davlat agrar universitetini tamomlagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasining kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish fakulteti bitiruvchisi.
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - zoomuhandis, iqtisodchi (qishloq xo‘jaligi). Mehnat faoliyati davomida qishloq xo‘jaligi, soliq va boshqaruv tizimida bir qator vazifalarda faoliyat yuritgan.
Lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent viloyati hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelgan.
LiveBarchasi