Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
17 Oktabr
6278Otabek Ravshanbek o‘g‘li Tursunov Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
U tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot, sanoat, moliya-bank, soliq, davlat aktivlari, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Otabek Tursunov 1984 yilda Andijon viloyati Andijon shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2007 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. U ilk mehnat faoliyatini Andijon shahar “Sanoat qurilish temp” MCHJ ta’minotchisi vazifasidan boshlagan. Faoliyati davomida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Botir Alimbekov lavozimidan ozod etilgandi. Alimbekov Toshkent viloyati qishloq xo‘jaligidagi imkoniyatlardan foydalana olmagani, tayyor qilib berilgan tizimni ishlata olmagani uchun lavozimidan bo‘shatilgan.
Shuningdek, hokimning birinchi o‘rinbosari Erkin Muhiddinov ham lavozimidan ozod etilgandi. Muhiddinov faoliyatidagi kamchiliklar va sohadagi ishlarni qoniqarsiz olib borayotgani uchun ishdan bo‘shatilgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr