Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
28 Sentabr 2022 11393 1 daqiqa
Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Otabek Sabirovich Sultonbekov tayinlandi.
Otabek Sultonbekov 1986 yilda Quyi Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2013 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.
Lavozimga tayinlangunga qadar Quyi Chirchiq tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.