Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston
−
06 Iyun 2019 9402 1 daqiqa
Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, viloyat hokimining o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida Abdusalamov Djamshid Abdusalamovich 2019 yil 30 maydan e’tiboran ish boshladi.
Eslatib o‘tamiz joriy yilning 4 iyun kuni xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan edi. Sessiyada G‘ulomjon Ibragimov salomatligi tufayli boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan edi.
Uning o‘rniga viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Rustam Xolmatov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr