Toshkent viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Abdurasul Ne’matovich Abdullayev Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda bugun, 12 avgust kuni Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashining navbatdan tashqari 86-sessiyasida ma’lum qilindi.

Tayinlovga qadar u 2020 yilning sentyabr oyidan buyon Ohangaron tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Abdurasul Abdullayev 1968 yil Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan.1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

U mehnat faoliyati davomida bank tizimida bir qator lavozimlarda faoliyat yuritgan. Xususan, Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i, “Ipotekabank” ATIB boshqaruvi raisi, “O‘zsanoatqurilishbank” OATB boshqaruvi raisi sifatida ishlagan. 2014 yilda O‘zbekiston aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” boshqaruvi raisi etib tayinlangan. 2019 yilda u Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari — “O‘zbekchorvanasl” agentligi direktori bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun 12 avgust kuni Abdurasul Abdullayevning o‘rniga Ohangaron tumani hokimi etib Erkin Madorbekovich Muhiddinov tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati Abdurasul Abdullaev o'rinbosar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing