Toshkent viloyati hokimi ham “uchdi”
Jamiyat
−
30 yanvar 2021
257582020 yilning yanvar oyidan buyon Toshkent viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Rustam Qurbonnazarovich Xolmatov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasiga muvofiq Xolmatovni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Rustam Xolmatov 1961 yilda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. U Toshkent xalq xo‘jaligi instituti (hozirgi — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti)ni iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
U 1995 yildan 2003 yilgacha Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, keyinroq Chinoz va Quyi Chirchiq tumanlari hokimi bo‘lib ishlagan. 2008 yildan 2013 yilgacha esa Toshkent viloyati hokimi bo‘lib ishlagan.
2017 yildan 2018 yilgacha Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lgan. 2018 yildan 2019 yilga qadar Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
Rustam Xolmatov 2019 yildan 2020 yilning yanvarigacha Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning dekabr oyida Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatovga yer ajratishda qonunni buzgani uchun hayfsan berilgan edi.