Toshkent viloyatining sobiq hokimi hokimlik tizimiga ishga qaytdi

Jamiyat

image

Rustam Qurbonnazarovich Xolmatov Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligi yerlariga xizmat ko‘rsatish direksiyasiga sug‘orish tizimlarini yaxshilash va yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha bosh mutaxassis vazifasiga tayinlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Rustam Xolmatov 1961 yilda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1987 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. U 1998-2000 yillarda  Chinoz tumani hokimi, 2000-2003 yillarda Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, viloyat Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, 2003-2008 yillarda Quyi Chirchiq tumani hokimi, 2008-2013 yillarda Toshkent viloyati hokimi lavozimida faoliyat olib borgan.

U 2016-2017 yillarda Bekobod tumani hokimi, 2017-2018 yillarda Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlagan. 2018-2019 yillarda Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, 2019 yildan boshlab, Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida, 2020-2021 yillarda esa Toshkent viloyati hokimi lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Rustam Xolmatov 2021 yilning 30 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti farmoniga muvofiq, Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgandi. Keyinroq u Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi lavozimiga saylandi. Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining 2021 yil 19 martdagi navbatdan tashqari sessiyasidan ishtirok etgan Prezident Shavkat Mirziyoyev Rustam Xolmatov haqida gapirib, u o‘z arizasi bilan ishdan ketganini aytib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rustam Xolmatov Toshkent viloyati hokimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing