Rustam Xolmatov yangi lavozimga tayinlanishi kutilyapti
Jamiyat
−
02 fevral 2021
23858Joriy yilning 30 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti farmoniga muvofiq, Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov lavozimidan ozod etilgandi.
QALAMPIR.UZ manbasining ma’lum qilishicha, Toshkent viloyatining sobiq hokimi Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi lavozimiga saylanadi.
Bugun, 2 fevral kuni kasaba uyushmalarining Plenum yig‘ilishida Xolmatovning raislikka saylanishi ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha sobiq Jismoniy tarbiya va sport vaziri Qarshi davlat universiteti rektori etib tayinlangandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni yoshlar bilan ishlashning yangi tizimini joriy qilishga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishida kadrlar masalasida katta o‘zgarishlar bo‘lishini qayd etgandi.