Toshkent va Jizzaxda hokim yordamchilari pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
20 avgust
7763Toshkent va Jizzax viloyatlarida hokim yordamchilari pora bilan ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, O‘rta Chirchiq tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi K.M. mansabdor tanishlari orqali “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida fuqaroga 1,8 gektar yer maydonini 10 yil muddatga ijaraga olib berish evaziga 15 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 13 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.
Jizzax viloyatida kuzatilgan holatda esa G‘allaorol tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi I.K. vakolatli tanishlari ko‘magida fuqaroni tuman tibbiyot birlashmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1200 AQSH dollari olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda hokim yordamchilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida 55 nafar hokim yordamchisi tadbirkorlar murojaatini o‘z vaqtida ko‘rmagani uchun jazolangandi.
LiveBarchasi