Toshkent va Surxondaryoda YTHda odam o‘ldirib, qochgan haydovchilar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida haydovchilarning mashinasida odam urib yuborib, hodisa joyidan qochib ketishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi.

Joriy yilning 1 yanvar kuni Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanining “Saksonkapa” MFY hududidan o‘tuvchi “4K-592” avtomobil yo‘lining 11 kilometrida “Sho‘rchi-Oltinsoy” yo‘nalishida ketayotgan noma’lum transport vositasi haydovchisi mazkur yo‘lda harakatlanib ketayotgan piyoda, tumanning “Baxshtepa” MFYda yashagan, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaroni transport vositasining old tomoni bilan turtib yuborib, hodisa joyidan noma’lum tomonga yashiringan.

1

Natijada 36 yoshli fuqaro turli darajada tan jarohatlari olib kasalxonada vafot etgan. 

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni tumanning “Oqqo‘rg‘on” mahallasida yashovchi, ishsiz, 1995 yilda tug‘ilgan I.R. sodir etgani va hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan ashyoviy dalillar uning boshqaruvida bo‘lgan Nexia-2 rusumli avtomashinaga tegishli ekanligi aniqlandi.

Joriy yilning 2 yanvar kuni I.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi va 177-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shunday holat Toshkent viloyatining Piskent tumanida ham kuzatilgan. Noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Saidobod mahallasi hududidan o‘tuvchi “Ohangaron-Guliston” A-373 yo‘lining 105-kilometrida boshqarib ketayotib, shu yerdan o‘tayotgan piyoda – Olmaliq shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan P.J.ni urib yuborgan. Haydovchi voqea joyidan ketib qolgan. Natijada P.J. jarohat natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi va noma’lum mashinani topish choralari ko‘rildi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi, MCHJ haydovchisi N.M. o‘z boshqaruvidagi yuk mashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

705

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing