Toshkent va Romitan tumanlarida 2,7 mlrdlik gaz o‘g‘irlangani aniqlandi
Jamiyat
−
26 yanvar 2021 9067 1 daqiqa
Toshkent va Romitan tumanlarida tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ`ga ma’lum qildi.
Toshkent tumanda “M.G.” MCHJ rahbari M.M. jamiyatga qarashli issiqxonaning tabiiy gaz quvuri 2020 yilning oktyabr oyida gaz ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan tuzilgan dalolatnomaga asosan tamg‘alangan bo‘lsada, tamg‘ani buzib, o‘zboshimchalik bilan gaz quvuriga noqonuniy ulanib olgani aniqlangan. Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish natijasida gaz ta’minoti korxonasiga 1 mlrd so‘m zarar yetkazgan.
Xuddi shunday holat Romitan tumanida ham kuzatilgan. Prokuratura, IIB va “Hududgazta’minot” AJ xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.M. “M.” fermer xo‘jaligiga qarashli dala shiyponida ohak ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil qilib, yuqori bosimli gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, ohak ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlangan. Natijada “Hududgazta’minot” AJ manfaatlariga 1,7 mlrd so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Hisob kitoblarga ko‘ra, noqonuniy ravishda foydalanilgan tabiiy gaz kuz- qish mavsumida hududdagi 110 tadan 200 tagacha xonadonni uzluksiz gaz bilan ta’minlashga yetishi ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 1852-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr