Toshkent va Nyu-York o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘paytiriladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 3 avgustidan O‘zbekistonning Toshkent va AQSHning Nyu-York shaharlari o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘paytiriladi. Bu haqda  “Uzbekistan Airways” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 3 avgustidan boshlab Toshkent–Nyu-York–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha parvozlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu yo‘nalishda haftasiga uchta doimiy reys seshanba, payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Avvalroq O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar soni joriy yilning iyun oyidan boshlab haftasiga 18 taga yetkazilishi haqida xabar bergan edik. Bundan tashqari O‘zbekistondan Qozog‘istonning yana ikkita shahriga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

54

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing