Toshkent va Moskva o‘rtasida parvozlar soni ko‘paytiriladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston va Rossiya aviatsiya rahbariyati Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar chastotasini haftasiga 25 reysdan 39 tagacha oshirishga kelishib oldi. Bu haqda Rossiya Havo transporti federal agentligi sayti xabar berdi.

O‘zbekiston tomonidan parvozlar “Uzbekistan Airways” AJ va “Qanot Sharq” avikompaniyalari, Rossiya tomonidan “Aeroflot”, “Sibir” va “Utair” aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi.

Rossiyaning Toshkentga parvoz qiladigan aviakompaniyalari ro‘yxati yangi reyslar taqsimlanishi ortidan ko‘payishi mumkin.

“Ikki davlat poytaxtlari o‘rtasida muntazam parvozlar sonining ko‘payishi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida yo‘lovchilar tashishga bo‘lgan talabni qondirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing