Toshkent va Farg‘ona yetakchi, Navoiyda juda kam – karantin qoidalari qayerda ko‘p buzilyapti?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda karantin e’lon qilingan vaqtdan bugun, 5 aprel soat 9:00 ga qadar respublika bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami – 27 486 ta holat aniqlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ular:

- Toshkent shahrida – 4 641 ta holat;
- Farg‘ona viloyatida – 3 223 ta holat;
- Toshkent viloyatida – 2 979 ta holat;
- Samarqand viloyatida – 2 691 ta holat;
- Qashqadaryo viloyatida – 2 314 ta holat;
- Namangan viloyatida – 1 872 ta holat;
- Sirdaryo viloyatida – 1 650 ta holat;
- Andijon viloyatida – 1 570 ta holat;
- Jizzax viloyatida – 1 554 ta holat;
- Surxondaryo viloyatida – 1 416 ta holat;
- Xorazm viloyatida – 1 177 ta holat;
- Buxoro viloyatida – 1 162 ta holat;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 915 ta holat;
- Navoiy viloyatida – 322 ta holatni tashkil etmoqda.

4 aprel kuni Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Andijon ko‘chasida yashovchi I.U., Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani, “Yangihayot” mahallasida yashovchi J.A., Jizzax viloyati, Zomin tumani, “Bunyodkor” mahallasida yashovchi Sh.A., Samarqand viloyati, Toyloq tumani, “Ukrach” mahallasida yashovchi Sh.B., Buxoro viloyati, Vobkent tumani, “Pushmon” qishlog‘ida yashovchi D.H., Namangan viloyati, Mingbuloq tumani, “Oybek” mahallasida yashovchi O.S., Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani, “Chaykul” ovulida yashovchi S.U. jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganliklari aniqlangan. Ular Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, 4 aprel kuni Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani, “Otayurt” mahallasi, Xumoqushi ko‘chasida yashovchi R.G. “VAZ-2107” rusumli avtomashinasida ruxsatnomasiz odam tashib yurganligi aniqlangan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Bundan tashqari, 4 aprel kuni Samarqand viloyati, Samarqand tumani, “Ravot” mahallasida yashovchi Sh.A. Tong 2-berk ko‘chasida joylashgan avtomoykani karantin cheklovlariga qaramay ishlatib kelganligi aniqlangan. Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi qo‘llanilgan va ma’muriy javobgarlikka tortilgan.


Maqola muallifi

Teglar

karantin

Baholaganlar

238

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing