Toshkent va Turkiston o‘rtasida tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image
1 fevraldan Toshkent – Andijon yo‘nalishidagi poyezdlarning jo‘nash va qabul qilish manzili o‘zgaradi north_east

1 fevraldan Toshkent – Andijon yo‘nalishidagi poyezdlarning jo‘nash va qabul qilish manzili o‘zgaradi

O‘zbekistonning Toshkent va Qozog‘istonning Turkiston shaharlari o‘rtasida tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri Askar Mamin mamlakat Hukumati yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Kazinform”.

“Sayyohlar oqimining o‘sishi uchun Turkiston — Chimkent — Toshkent yo‘nalishidagi tezyurar temir yo‘llari magistrali qurilishi boshlanadi. Bu turizm sohasida 22 mingta yangi ish o‘rinini yaratish imkoniyatini beradi hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida jami 100 ming ta ish o‘rni ochiladi”, dedi Qozog‘iston bosh vaziri.

Bosh vazirga ko‘ra, bu loyiha ichki turistik oqim 2 foizga oshib, 4,5 mln kishiga yetadi. Turizmning YAIMdagi ulushi 5,2 foizgacha yetadi.

Bundan tashqari, turli hududlarda xususiy sektor bilan hamkorlikda turizm infratuzilma ob’ektlari barpo etiladi. Shu yilning o‘zida 1,1 trln tengelik loyihalar amalga oshirila boshlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

poezd O'zbekiston-Qozog'iston

Baholaganlar

304

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing