1 fevraldan Toshkent – Andijon yo‘nalishidagi poyezdlarning jo‘nash va qabul qilish manzili o‘zgaradi
Jamiyat
−
26 Yanvar 2021 7254 1 daqiqa
Joriy yilning 1 fevralidan boshlab, Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 60/59-sonli yo‘lovchi poyezdlarining jo‘nash va qabul qilish manziliga o‘zgarish kiritildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar berdi.
Xususan, mazkur sanadan boshlab, Toshkent – Andijon yo‘nalishida harakatlanayotgan 60-sonli yo‘lovchi poyezdi Toshkent markaziy (Shimoliy) vokzalidan harakatini boshlaydi, shuningdek, Andijon – Toshkent yo‘nalishida harakatlayotgan 59-sonli yo‘lovchi poyezdi Toshkent markaziy vokzaliga qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
Live
Barchasi26 Oktyabr
26 Oktyabr