Toshkent uchun elektrobuslar sotib olinadi. BMT salkam 4 mln dollar ajratmoqda

Jamiyat

image

Birlashgan Millatlar Tashkilaoti Taraqqiyot Dasturi va Global ekologiya jamg‘armasi ko‘magida Toshkent shahri uchun elektrobuslar sotib olinadi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida Toshkent shahri jamoat transporti uchun elektrobuslarni xarid qilish hamda pilot loyiha tariqasida shaharda yashil transport yo‘lagini joriy etish ko‘zda tutilgan. Olti yil muddatga mo‘ljallangan loyihaga donorlar BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologiya jamg‘armasi tomonidan 3,9 million dollar mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha, loyihaning joriy etilishi bilan atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli moddalar miqdorining sezilarli darajada kamaytirilishiga erishiladi.

“Ushbu loyiha Toshkent shahri misolida shahar jamoat transportida  elektrotransportdan jadal ravishda foydalanishni joriy etish yo‘li bilan atrof - muhit sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan bo‘lib, ushbu tajriba O‘zbekiston Respublikasining boshqa shaharlarida ham joriy etilishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Loyiha Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Toshshahartransxizmat” AJ hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing