Toshkent sirkida gimnastikachi qiz balandlikdan tushib ketdi
Jamiyat
−
03 Sentabr 2019
7939Shu yilning 1 sentyabr kuni Toshkent sirkida bo‘lib o‘tgan tomosha vaqtida Irina Valter arenadan, balandlikda (havoda) “Juftlik polotno” nomerini amalga oshirayotgan so‘ngi daqiqada yiqilib tushdi. 1983 yilda tug‘ilgan Irina Valter sirkda 15 yildan ortiq ishlagan ko‘p qirrali artistdir.
Irina Valterga o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatildi. Tibbiy tekshiruv natijalariga ko‘ra chap oyoq bo‘g‘imlarining cho‘zilish tashxisi qo‘yildi. Hozirda Irina Valterning ahvoli yaxshi, uy sharoitida davolanish ishlari davom ettirilmoqda.