Toshkent teleminorasidagi bayroq yangilandi (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent teleminorasidagi O‘zbekiston bayrog‘i o‘zgartirildi. Ijtimoiy tarmoqlarda bayroqni almashtirish jarayoni aks etgan video tarqaldi.

Videoda ikki kishi teleminora cho‘qqisida ishlayotganini ko‘rish mumkin.

Qayd etish kerakki, 23 may kuni Toshkent teleminorasini chaqmoq urgani va uning uchidagi bayroq yonib ketgani to‘g‘risida xabar tarqalgandi. Holat bo‘yicha ikki tashkilot: Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUK rasmiy ma’lumot berdi.

FVV teleminorani chaqmoq urganini tasdiqlab, inshoot bunday holatlarga qarshi himoyaga ega ekanini ma’lum qildi.

“Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUK Toshkent teleminorasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chaqmoq urish hodisasi sodir bo‘lmaganini, video olingan rakursdan shunday ko‘ringanini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

teleminora

Baholaganlar

302

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing