Toshkent teleminorasini chaqmoq urgani rad etildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent teleminorasini chaqmoq urgani va teleminoraning bayrog‘i yonishi aks etgan video tarqalgani haqida xabar bergan edik. FVV holatga izoh berib, teleminorani yashin urgani, ammo unga zarar yetmaganini bildirdi.

“Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUK ham teleminorani chaqmoq urgani haqidagi xabarlar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi kuzatilgan noqulay ob-havo sharoiti vaqtida Toshkent teleminorasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chaqmoq urish hodisasi sodir bo‘lmagan.

“Video olingan rakursdan chaqmoq urganligi qayd etilgan bo‘lsada, aslida chaqmoq sodir bo‘lishi teleminoradan ma’lum bir masofada bo‘lib o‘tgan.

Toshkent teleminorasining bayrog‘i yongan video ham yolg‘on xabar bo‘lib, Teleminora bayrog‘ining past qismidagi ogohlantiruvchi qizil chiroqlar shu’lasi bayroqqa tushib ushbu holatni aks ettirgan”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning noyob arxitektura inshooti bo‘lmish Toshkent teleminorasi kuchli chaqmoq urishiga qarshi himoya tizimi va yerga ulanish konturlari bilan ta’minlangan bo‘lib, chaqmoq urish xavfidan to‘liq himoyalangan. Bugungi kunda Toshkent teleminorasida barcha texnik qurilmalar barqaror ishlamoqda va aholiga teleradiodasturlar uzluksiz tarqatib kelinmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

teleminora

Baholaganlar

221

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing