Rossiya qo‘shinlari Xarkovdagi teleminoraga zarba berdi (foto+video)

Olam

image

Kecha, 22 aprel kuni tushdan keyin Rossiya qo‘shinlari Xarkovdagi teleminoraga hujum qildi. Vayron bo‘lgan binoning fotosuratlari va videolari mahalliy Telegram kanallari tomonidan e’lon qilinmoqda.

Rasmiylarga ko‘ra, hujum oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Voqea joyidan olingan kadrlarda minoraning deyarli yarmi buklanganini, keyin esa yuqori qismi qulab tushishini ko‘rish mumkin.

Xarkov viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov "televideniye infratuzilmasi ob’ektiga" hujum qilinganini tasdiqladi. 

“Ogohlantirish vaqtida xodimlar boshpanada bo‘lgan, qurbonlar yo‘q, hozirda raqamli televideniye signalida uzilishlar mavjud”, deb yozdi u Telegram’da.

Xarkov meri Igor Terexovning qayd etishicha, qurbonlar va yetkazilgan zarar haqidagi ma’lumotlar hali ham aniqlanmoqda.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Xarkovdagi teleminoraga hujum Rossiyaning X-59 samolyoti raketasi tomonidan amalga oshirilgan”, deb xabar qildi Xarkov viloyat prokuraturasi. 

Prokuratura urush qonunlari va urf-odatlarini buzish holatlarini tekshirishni boshladi.

RIA Novostining yozishicha, teleminoraga Ukraina havo hujumidan mudofaa aloqa antennasi o‘rnatilgan. Ammo Rossiya Mudofaa vazirligi zarba haqidagi ma’lumotga rasman izoh bermadi.

Xarkov teleminorasi shahardagi eng baland bino edi. Uning balandligi 240,7 metr edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina teleminora Xar'kov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing