Toshkent – Tehron yo‘nalishida xalqaro avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image

2021 yilda “Toshkent-Buxoro-Mashhad-Tehron” xalqaro avtobus yo‘nalishini amalga oshirish uchun Eron Hukumati bilan tranzit reyslar bo‘yicha kelishuvga erishish choralari ko‘riladi va kelgusida mazkur yo‘nalish bo‘yicha xalqaro avtobus marshruti yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasida ziyorat turizmini yanada rivojlantirish va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni loyihasida belgilangan.

Shuningdek, mazkur hujjat loyihasi bilan O‘zbekiston ziyorat turizmini rivojlantirishda Transport-logistika xizmatlarini yaxshilash va rivojlantirish ham nazarda tutilmoqda.

Unga ko‘ra, ushbu hujjat kuchga kirganidan so‘ng bir hafta muddatda Transport vazirligi hamda “Uzbekistan Airports” AJ “Pegasus Airlines” aviakompaniyasiga Turkiya shaharlaridan Samarqand va Buxoro shaharlariga hamda Anqaradan Toshkent shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirilishini ta’minlaydilar.

Bundan tashqari 2021 yil aprel oyigacha o‘zbek diasporasi istiqomat qiladigan qo‘shni mamlakatlarning yirik shaharlari (O‘sh, Jalolobod, Turkiston, Chimkent, Dushanbe, Xo‘jand, Mozori Sharif)dan turizm salohiyati yuqori bo‘lgan O‘zbekiston shaharlariga avtobus marshrutlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkaziladi.

Joriy yil davomida “QANTAS” aviakompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatish maqsadida muzokaralar olib boriladi.

Shuningdek, Transport va Tashqi ishlar vazirliklari tomonlarning kelishuviga asosan “O‘sh-Toshkent” yo‘nalishini amalga oshirish uchun Tojikistonning Xo‘jand shahridan o‘tgan magistralda harakatlanish bo‘yicha Tojikiston hukumati bilan kelishuvga erishish choralarini ko‘radilar.

Kelishuv natijasiga ko‘ra halqaro muntazam avtobus yo‘nalishi tashkil qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

avtobus

Baholaganlar

429

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing