Tramp agar niqob taqsa, kimlarga o‘xshab qolishini aytdi
Olam
−
02 iyul 2020
18093AQSH Prezidenti Donald Tramp “Fox Business” nashriga bergan intervyusida yuziga niqob taqqan holda u vestern qahramonlariga o‘xshab qolishini aytib o‘tdi.
Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, u qora himoya niqobini taqib ko‘rgan va hatto unga bu yoqqan ham. "Men u (niqob – tahr) yaxshi ko‘rinadi, deb o‘yladim. Bu xuddi “Yolg‘iz reynjer”ga o‘xshardi”, dedi Tramp.
Bundan tashqari, AQSH Prezidenti niqob taqishni qo‘llab-quvvatlagan holda, "bu yaxshi" dedi.
Donald Tramp uzoq vaqt davomida ommaviy tadbirlar paytida niqob taqishdan bosh tortib keladi. U buni odamlar bilan masofa saqlayotgani bilan izohlaydi. U bilan aloqada bo‘lganlar esa muntazam ravishda koronavirus uchun tekshirib boriladi.
Ma’lumot o‘rnida, “vestern” – bu kino janri bo‘lib, asosan, AQSH bilan xarakterlanadi. Mazkur filmlarda voqealar rivoji Qo‘shma Shtatlarning bo‘lajak shtatlari o‘rnida – Yovvoyi G‘arbda kechadi.
LiveBarchasi