Google Trampning iltimosini rad etdi
Olam
−
17:00 451 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Google kompaniyasi rahbariyatiga Atlantika okeani nomini o‘zgartirish iltimosi bilan murojaat qildi, ammo rad javobini oldi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Qayd etilishicha, AQSH Prezidenti Google bosh direktori Sundar Pichaiga qilgan qo‘ng‘irog‘i haqida Janubiy Karolinadagi mitingdagi chiqishi chog‘ida gapirib bergan.
“Manga faqat ikkita okean yoqadi: Atlantika va Tinch okeani. Men boshqa hech bir okeanga Tramp yoki Amerika nomini berish niyatida emasman, faqat shu ikkitasidan tashqari. Shuning uchun biz Atlantika okeani variantini jiddiy ko‘rib chiqdik va men Google Maps’ga qo‘ng‘iroq qildim, ular ko‘l masalasini a’lo darajada uddalashgan edi… Ular qo‘ltiq bilan bog‘liq hodisadan keyin hali ham o‘ziga kelolmayapti. Men dedim: “Sundar, men bu yerda Atlantika okeani haqida o‘ylab chiqyapman”, deydi u.
Trampning aytishicha, Pichai rad javobini bergan va buni shunday asoslagan:
“Yo‘q, yo‘q, yo‘q. Bu safar men buni qila olmayman… Okeanlar bilan vaziyat boshqacha, ser. Ular juda ko‘p mamlakatlar qirg‘oqlarini yuvib turadi. Iltimos, bizdan buni so‘ramang”.
Prezident o‘z g‘oyasidan voz kechishga va okeanni Atlantika nomi bilan qoldirishga qaror qilganini qo‘shimcha qilgan.
Google kompaniyasi Trampning talabi bilan geografik nomlarni o‘zgartirishga allaqachon ikki marta rozi bo‘lgan. Avvaliga Meksika qo‘ltig‘i Amerika qo‘ltig‘i deb qayta nomlangan. Google xaritalarida yangi nom faqat AQSH foydalanuvchilari uchun ko‘rinadi.
Shundan so‘ng, Ontario ko‘li Amerika ko‘li deb qayta nomlangan. Bu holatda xaritalardagi yangi nom AQSH aholisiga ko‘rinadi, Kanada aholisi avvalgi nomni ko‘radi, dunyoning qolgan qismi uchun esa bir vaqtning o‘zida ikkala nom ham ko‘rsatiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp “sun’iy intellekt”ni rasman “super intellekt” deb qayta nomlagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi