Toshkent shahar FVBga rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
12 mart 2019
6250Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga rahbar tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu lavozimga Favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparati Tezkor boshqarmasida ishlab kelgan Muxtor Yashnarovich Muhitdinov tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining avvalgi boshlig‘i Baxtiyor Tuganbayevich Raxmankulov 2018 yilning so‘ngida Toshkent shahar hokimining uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan edi.