Toshkent shahrida oilalar buzilishining asosiy sabablari ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
08 aprel 2019
8981Toshkent shahrida 2019 yilning yanvar-fevral oylarida oilaviy ajrimlar soni 769 tani tashkil qildi. Bu haqda “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda Toshkent shahar Xotin-qizlar qo‘mitasining oilaviy ajrimlar, ularni kelib chiqish sabablari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ta’kidlandi.
Qayd etilishicha, oilaviy ajrimlar soni o‘tgan yilning shu davriga solishtirganda 131 taga ko‘paygan. Bu holatlar tahlil etilganda, ajrimlarning 48 foizi oilaviy kelishmovchiliklar ortidan kelib chiqishi ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, oilalarning buzilib ketishiga er-xotinning uzoq vakt bir oila bo‘lib yashamasligi (16 foiz), farzandsizlik (9 foiz), migratsiya (7 foiz), xiyonat (6 foiz), moddiy kiyinchilik (3 foiz), ichkilik yoki giyohvandlikka berilish (2 foiz) va boshqalar sabab bo‘lishini oydinlashgan.
Yig‘ilishda bu muammo va uning sabablarining yechimi, bartaraf etish yo‘llari yuzasidan Xotin-qizlar qo‘mitasi qay tartibda, “Oila” markazlari qay tartibda o‘z faoliyatini tashkillashtirishi lozim ekanligi to‘g‘risida kelishib olingan.