Toshkent shahrida Matiz olib qochildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 3 may kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida o‘g‘irlik sodir bo‘ladi. Jinoyatchilar avtomobil o‘g‘irlashadi. Bu haqda IIV PPX va JTSBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent shahar IIBBga kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, tumanning M.Kushbegi ko‘chasida yashovchi R.D.ga tegishli bo‘lgan Matiz rusumli avtomashinasi Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasida joylashgan “OFB” banki oldidan ikki noma’lum shaxslar tomonidan olib qochilgan. 

O‘g‘rilarni ushlash tadbiri o‘tkaziladi. Poytaxt IIBB patrul-post xizmati brigadasi, 1-batalon, 1-otryad soat 10:42 da “To‘sib ushlash” rejasiga asosan berilgan Matiz rusumli avtomashinani Mirzo Ulug‘bek tumani, Oqqo‘rg‘on ko‘chasi 1-uy oldidan xarakatlanib ketayotganini ko‘rib, xaydovchini tuxtatishga urinishadi. 

Biroq xaydovchi xodimlarning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, voqea joyidan yashirinishga harakat qiladi. Xodimlarning tezkorligi natijasida ushbu avtoulovni olib qochayotgan shaxslar ushlanib, Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga olib boriladi. Ularning shaxsi tekshirilganda, bu jinoyatni sodir etganlar Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi G.V. va F.Ye.lar ekanligi aniqlangan.

“Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

o'g'irlik

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing