Toshkent shahrida haydovchi 5 yoshli bolaning o‘limiga sababchi bo‘ldi
Jamiyat
−
13 aprel 2019 3955 1 daqiqa
Joriy yilning 12 aprel kuni 20:50 dan 21:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Toshkent shahar Shayxontoxur tumani Beruniy ko‘chasidagi aviakassa qarshisida “Matiz” rusumli avtomobilni boshqarib borgan haydovchi 5 yoshli bolani urib yuborgan. Bu haqda IIBB xabar tarqatdi.
Haydovchi jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatmasdan, voqea joyidan qochib ketgan. Hodisa natijasida, bola shifoxonada jon berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bola uyidan ruxsatsiz chiqib, serqatnov yo‘lni mustaqil kesib o‘tmoqchi bo‘lgan.
Tezkor qidiruv-surshtiruv natijasida, haydovchi darhol qo‘lga olindi. Bu shaxs 27 yoshli I.I. ekanligi ma’lum bo‘ldi. Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasidan so‘ng u o‘z avtomobilini Ko‘kcha masjidi yaqinidagi mahallada qoldirib, yashirinishga uringan vaqtda qo‘lga olindi.
Voqea yuzasidan hozirda tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda.