Toshkent shahar Soliq boshqarmasiga rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
13 fevral 3967 1 daqiqa
Jahongir Muzaffarovich Mirpo‘latov O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisining tegishli buyrug‘i bilan Toshkent shahar Soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda qo‘mitaning rasmiy sahfalarida ma’lum qilindi.
Ma’lumot uchun, Mirpo‘latov 1985 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2003 yilda Toshkent moliya va iqtisodiyot kollejini, 2011 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 2003 yilda Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasida boshlab, mas’ul va rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 2018 yilda Sergeli tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlangan.
Amaldor poytaxt Soliq boshqarmasiga rahbar etib tayinlangunga qadar Soliq qo‘mitasi Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Shavkat Mirziyoyev raisligida 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Toshkent shahri soliq idoralarini tanqid qilgan va qator rahbarlarini ishdan olgandi. Jumladan, poytaxt boshqarmasi rahbari Yunusjon Nasimjonov ham lavozimidan chetlatilgan.
Live
Barchasi