Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida ro‘y bergan voqea yuzasidan IIBB bayonot berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida davolanayotgan ayolning murojaati e’lon qilingan edi.

Tarqalgan videoda tibbiy forma kiygan shaxsning kasalxona yo‘lagida bemorni yerga yiqitgani va ustiga minib ikki qo‘li bilan bo‘ynidan ushlab turgani tasvirlangan.

Ayol o‘z murojaatida u shifoxonada davolanayotgan bemorlar bu yerda ishlovchi tibbiy xodimlar tomonidan muntazam tahqirlanishi haqida xabar bergan. Bu haqda O‘zA xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, bundan oldin, 25 aprel kuni 102 raqamiga fuqaro R.A.dan xabar kelib tushgan. U yuqorida ko‘rsatilgan bemorning qarindoshi bo‘lib, shifoxona tibbiy xodimi bemor A.I.ga tan jarohatlari yetkazgani haqida aytgan.

Ushbu murojaat bo‘yicha Mirobod tumani Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, uning natijalari bo‘yicha qonunchilikda ko‘zda tutilgan choralar ko‘riladi.

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, ushbu murojaat Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan. 


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

92

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing