Toshkent shahar IIBBga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

Biroz avval, 2018 yilning fevral oyidan buyon Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Rustam Jo‘rayev Milliy gvardiya qo‘mondoni etib tayinlangani haqida xabar bergan edik. 

Bugunning o‘zida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi. QALAMPIR.UZ manbasi bergan ma’lumot ko‘ra, Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Aziz Toshpo‘latov Toshkent shahar IIBB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. 

Polkovnik Aziz Toshpo‘latov 2015-2017 yillarda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 2017 yilning noyabr oyidan 2019 yilning iyunigacha Samarqand viloyati IIB boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 2019 yilning iyunidan Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahar IIBB Aziz Toshpo'latov

Baholaganlar

356

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing