Toshkent shahar IIBB boshlig‘iga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
07 yanvar 2020 8806 1 daqiqa
Podpolkovnik Oybek Xudayberdiyevich Muradov Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Oybek Muradov IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari - Moliya va moddiy texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
U bugunga qadar, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tuzilmalarida tergovchi, katta tergovchi, O‘MIB katta tergovchi, tergov bo‘linmasi, bo‘limi boshlig‘i, Tashkiliy boshqarma boshlig‘i vazifasini bajaruvchi, Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.