Toshkent shahar IIBB 15 yoshli o‘smir ishtirokidagi YTH bo‘yicha ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Matiz avtomobili yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan o‘smir bolani urib ketgani tasvirlangan video tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB mazkur YTH yuzasidan ma’lumot berdi.

Videodagi YTH joriy yilning 1 iyun kuni soat 19:20 da Mirzo Ulug‘bek tumanida yuz bergan. Matiz avtomobilining 37 yoshli haydovchisi Nizomiddin K. Oqqo‘g‘on ko‘chasida harakatlanib ketayotganda Yo‘l harakati qoidasini buzgan va 15 yoshli Murodjon R.ni urib ketgan.

Haydovchi YHQning 11-punkti “g” bandi (harakatlanish jarayonida piyodalar, ayniqsa, bolalar, nogironlar, qariyalarga va velosipedchilarga nisbatan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishi) va 77-punktining 1-, 3- qismi (Haydovchi harakatning serqatnovligini, transport vositasi va yukning xususiyati hamda holatini, yo‘l va ob-havo sharoitini, shuningdek harakatlanish yo‘nalishidagi ko‘rinishni hisobga olgan holda transport vositasi tezligini belgilangandan oshirmasdan boshqarishi kerak; Harakatlanish vaqtida haydovchi aniqlay olishi imkoniyatidagi xavf yuzaga kelsa, u transport vositasining tezligini u to‘la to‘xtashni ta’minlaydigan darajada kamaytirishi yoki to‘siqni boshqa harakat qatnashchilari uchun xavf tug‘dirmagan holda aylanib o‘tish choralarini ko‘rishi kerak.) talablarini buzgan.

YTH natijasida Murodjon R. yengil tan jarohatlari olib, tibbiy yordamga murojaat qilgan.

Biroq, Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati bayonotida qoidani buzgan haydovchiga nisbatan qanday chora ko‘rilgani haqida ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Mirzo Ulug'bek tumani

Baholaganlar

89

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing