Toshkent shahar hokimligida koronavirus aniqlangani rostmi?
Jamiyat
−
02 aprel 2020
20746Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkenrt shahar hokimligi karantinga yopilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent hokimligi rasmiy bayonot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 25 mart kuni Toshkent shahar hokimligi binosida koronavirus tarqalishining oldini olish hamda favqulodda holat yuzaga kelgan vaziyatda qanday ish yuritish yuzasidan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilgan.
O‘quv mashg‘uloti davomida hokimlik binosida ish faoliyatini davom ettirayotgan xodimlarga koronavirus yuqishining oldini olish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan gigiyenik talablar yuzasidan qo‘shimcha instruktaj o‘tkazilgan.
Xabarda aytilishicha, shahar hokimligining ko‘pchilik xodimlari masofaviy ish usuliga o‘tkazilgan.
“Bino to‘liq dezinfeksiya qilinib, hokimlik qat’iy karantin ish rejimiga o‘tkazildi”, deyiladi xabarda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimligi xodimlaridan birida koronavirus aniqlangani, shu bois hokimlik karantinga yopilgani ham iddao qilindi. Hokimlik bunga nisbatan ham munosabat bildirdi:
“Ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkent shahri hokimligida koronavirus kasalligi chiqqani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi. Bu ma’lumot yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deyiladi rasmiy axborotda.
LiveBarchasi