Toshkent shahar hokimligi mansabdori pora bilan ushlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimligi kapital qurilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari korrupsiyaga aloqadorlik uchun qamoqqa olindi. U 50 ming dollarlik pora ishi bo‘yicha figurantlardan biri ekani ma’lum bo‘ldi.

Bir necha kun avval Chilonzor tuman hokimligi bo‘lim boshlig‘i tadbirkorga yerga egalik huquqini rasmiylashtirib berish uchun 50 ming dollar pora olayotganida qo‘lga olingandi. Hokimlik vakili tadbirkorga 1 gektar yerga egalik huquqini rasmiylashtirib berish evaziga 1,4 million dollar so‘ragandi.

Mazkur ish doirasida Toshkent shahar hokimligi Kapital qurilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari ham qamoqqa olingan. Bu haqda "O‘zbekiston 24" telekanali efirida ma’lum qilindi.

Toshkent shahar hokimligi mansabdori 24 iyun kuni yer ajratib berish uchun 50 ming dollar pora olgan vaqtida DXX va shahar prokuraturasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

25 iyunda Chilonzor tuman hokimligi bo‘lim boshlig‘i ham hibsga olingan — tezkor tadbir davomida poytaxt hokimligi mansabdori pullarni Chilonzor tuman hokimligi bo‘lim boshlig‘i bergani aytilmoqda.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210- (pora olish) va 212-moddalari (pora olish-berishda vositachilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ayblanuvchilar hibsda saqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya

Baholaganlar

866

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing