Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Toshkent shahar hokimligi kuchli qordan so‘ng fuqarolarni ogohlantirdi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 26 fevral kuni Toshkent shahrida kuchli qor yog‘ishi ortidan poytaxt hokimligi shahar aholisini daraxtlar va yengil qurilmalar qulashi hamda gaz bosimi o‘zgarishlariga e’tiborli bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, qorning namligi va og‘irligi tufayli daraxtlar va yengil qurilmalarning qulash xavfi mavjud. Hokimlik yo‘laklarda ehtiyot bo‘lishni, tepa va atrofdagi muhitga diqqatli bo‘lishga chaqirgan.

“Gaz bosimi o‘zgarishlarini e’tibordan chetda qoldirmang! Is gazidan zaharlanishning oldini olish uchun xavfsizlik choralariga rioya qiling. Yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qiling”, deyiladi xabarda.

Xabarda shahar bo‘ylab obodonlashtirish bo‘limlari va boshqaruv servis kompaniyalarining xodimlari qorlarni tozalash va uning oqibatlarini bartaraf etish ishlarini davom ettirilayotgani aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 26 fevral kuni Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘lishi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi xabar qilingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahri qor daraxtlar gaz bosimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing