Toshkent shahar hokimiga yangi “zam” tayinlandi

Jamiyat

image

Obidjon Odilovich Mo‘minov Toshkent shahri hokimining o‘rinbosari – Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

U 1987 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. 2013 yilda Navoiy davlat pedagogika institutini, 2024 yilda esa, Rossiya Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi Davlat boshqaruvi oliy maktabini (magistraturani) tamomlagan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish va ekspluatatsiya qilish tizimini muvofiqlashtirish hamda renovatsiya loyihalarini umumlashtirish departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yangihayot tumaniga Mohira Ergashbayevna Shukurullayeva prokuror etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Obidjon Odilovich Mo'minov Uy-joy kommunal xo'jaligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar