Toshkent shahar hokimi nomidan soxta akkauntlar ochildi

3-sahifa

image

Hozirda ayrim shaxslar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov nomidan foydalanilgan holda soxta akkauntlar ochilib, fuqarolarga murojaatlar yo‘llanayotgani aniqlanmoqda. Ushbu akkauntlarda hokimning rasmi, ismi va familiyasi qo‘llanilmoqda. Shu sababli Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar hokimi nomidan ochilgan, shaxsiy yozishmalar olib borayotgan yoki turli iltimos va takliflar bilan murojaat qilayotgan barcha bunday akkauntlar soxta bo‘lib, ularga ishonmaslik va muloqotga kirishmaslik qat’iyan tavsiya etiladi. Ularning barchasi firibgarlarga tegishli.

“Shuni alohida ta’kidlash joizki, Toshkent shahar hokimi yoki hokimlikka aloqador mansabdor shaxslar aholiga murojaat qilish maqsadida shaxsiy tartibda xabar yubormaydi”, deyiladi xabarda.

Agar rasmiy sahifa yoki aloqa kanali ochiladigan bo‘lsa, bu haqda faqat Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining rasmiy axborot kanallari orqali oldindan ma’lumot beriladi.

Fuqarolardan shaxsiy ma’lumotlarni begonalarga bermaslik, shubhali xabarlar va akkauntlar haqida esa tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida noma’lum shaxs oson yo‘l bilan pul topish maqsadida Telegram ijtimoiy tarmog‘ida viloyatdagi nufuzli tashkilot rahbari nomidan soxta akkaunt ochgani aniqlangandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Umurzoqov soxta akkaunt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing