“Toshkent” savdo markazida do‘kondan ko‘p miqdorda “Tramadol” topildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 11 may kuni soat 11:00 da Chilonzor tumanida “Toshkent” savdo markazida ishlovchi samarqandlik 31 yoshli Furqat G.dan taqiqlangan dori vositalari topildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Xolislar ishtirokidagi tekshiruvda undan 1 konvalyuta (10 tabletka) “Tramadol” topilgan. Shundan so‘ng, u ishlaydigan do‘kon tekshirilganda uning ustki kiyimining cho‘ntagidan yana 217 ta “Tramadol” tabletkalari borligi aniqlangan.

Furqat G.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 22 oktyabridan boshlab giyohvandlik vositalarining analoglarini noqonuniy tayyorlash, xarid qilish, saqlash, sotish va boshqa harakatlar uchun jinoiy javobgarlikka jalb qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 oktyabrdagi qaroriga muvofiq “Tramadol” O‘zbekiston hududida savdosi taqiqlangan narkotik vositalari ro‘yxatiga kiritildi.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB Tramadol

Baholaganlar

55

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing